24 iyu 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Movsar Evloev ACBJJ bilan shartnoma imzoladi
Taniqli rossiyalik aralash yakkakurash (MMA) jangchisi Movsar Evloev Braziliya jiu-jitsusi bo'yicha musobaqalar o'tkazuvchi professional ACBJJ ligasi bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda liganing rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali malum qilindi.
32 yoshli Movsar Evloev professional MMA faoliyatini 2014 yilda boshlagan. U 2019 yildan buyon UFC tashkilotida ishtirok etib kelmoqda. Hozirga qadar UFC doirasida 9 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan va hali biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan.
Evloev so'nggi jangini joriy yilning mart oyida Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan UFC Fight Night 270 turnirida o'tkazgan. O'sha musobaqada u hakamlarning yakdil qarori bilan britaniyalik Leron Myorfini mag'lub etgandi.

Havola :
Manba : acbjj.com
Fikrlar