06 sen 17:20
Yangiliklar
MPL 8 turnirida ilk o'zbek-qozoq qarama-qarshiligi elon qilindi + POSTER
16 sentyabr kuni poytaxtimizda tashkil etiladigan mazkur MMA musobaqasining yana bir to'qnashuvi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, eng engil vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Javohir Narzullaev qozog'istonlik Vladimir Permyakov bilan to'qnash keladi. Jang 3 raund etib belgilangan.
Narzullaev o'zining so'nggi jangini o'tgan yilning iyul oyida ATFC 12 turnirida Musoxon Abdullaevga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi. Vladimir Permyakov esa oxirgi jangini o'tgan yilning fevral oyida o'zbekistonlik Mirsaid Saparovga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan.
Malumot uchun, MPL 8 musobaqasining markaziy jangi o'zbekistonlik SHohasan Mirzamatov va rossiyalik Xamzat CHapanov o'rtasida kechadi.
Fikrlar