27 okt 08:04
Yangiliklar
Muddatidan avval yakunlangan davogarlar jangida Usikning raqibi aniqlandi
Oqshomning muhim janglaridan biri superog'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBA yo'nalishi chempioni Fabio Uordli hamda xuddi shu maqomdagi WBO kamari sohibi Jozef Parker o'rtasida o'tkazildi.
Past suratda o'tgan va asosan yakka zarbalar almashinuvidan iborat bo'lgan jang 11-raundda yakunlandi. Uordli kanatlar oldida Parkerga zarbalar yomg'irini yog'dirdi va javob reakciyasi bo'lmagach, referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Lekin tan olish kerak, zarbalarning aksariyati aniq chiqmadi.
Ushbu g'alaba Uordlini superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik uchun majburiy davogarga aylantirdi. Ammo har ikki bokschi ham ukrainalik jahon chempioniga munosib qarshilik ko'rsata olmasligi kechagi jangda bilinib qoldi. Yana kim biladi deysiz? Superog'ir vaznda bitta daydi zarba ham masalani hal qilib qo'ya oladi.

Fikrlar