16 sen 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Muhammad Alining nabirasi yangi promoushen bilan shartnoma imzoladi
Afsonaviy bokschi Muhammad Alining nabirasi Byadjo Ali Uolsh aralash yakkakurashlar bo'yicha turnirlar tashkil etuvchi Professional Fighter League (PFL) promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda. Raqib va jang sanasi hozircha nomalum.
Muhammad Alining boshqa nabirasi Niko Ali Uolsh 2021 yil avgust oyida professional boksdagi debyut jangini amerikalik Jordan Uiksga qarshi o'tkazgan. Jang birinchi raunddayoq Alining texnik nokaut evaziga yakunlandi. Jangni eng og'ir vazn toifasida WVC yo'nalishi bo'yicha britaniyalik chempion Tayson Fyuri promouteri Bob Arum tashkil etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar