So’nggi yangiliklar

19:03"Шон ютишига умид қиламан". Алекс Перейра Стриклендга маслаҳат берди 0 18:42Конкур бўйича халқаро турнир якунланди 0 18:21"Реал" Гарсияни 60 миллион евро эвазига қўйиб юборишга тайёр 0 18:00Энг кучли қиличбозларимиз Тошкентда жам бўлишди 0 17:39UFC рейтинги янгиланди. Учта вазндаги ўзгаришлар бир саҳифада 0 17:18Istanbul Open. Тимофееванинг ҳам юриши бошланди 0 16:57Кунья МЮ Чемпионлар Лигасига чиққанидан кейин дадил баёнот берди 0 16:36"У "стойка"да ҳам Стриклендни таслим этиши мумкин". Чимаевнинг спарринг шериги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 16:15The Ring. Иноуэ янгиланган рейтингда пешқадамга айланиб олди 0 15:54Усик — Бенавидес жанги ўтказилиши мумкин 0 15:33"Реал" ҳимоячиси узоқ муддатга сафдан чиқди 0 15:12Чимаев: "Стриклендни ҳар куни дўппослардим, балки Шон бундан хафа бўлгандир" 0 14:51Камшибек Конкабаев шу ҳафта проф боксда жанг қилади 0 14:30Яхши янгилик: Велоспортчимиз "Giro d’Italia" нуфузли турнирида иштирок этади 0 14:09Чемпионлик пойгаси авжида. "Арсенал" ва "Ман Сити"нинг АПЛдаги тақвими қандай? 0

13 noy 12:33
Yangiliklar

Boks/MMA

Muhammad Mokaev Brave CF ligasidagi gonorarni oshkor qildi

O'ta engil vazn toifasida Brave CF’ning yangi chempioni Muhammad Mokaev gonorari UFC etakchilaridan kam emasligini aytmoqda.

Uning takidlashicha, ligadagi gonorari UFC’ning amaldagi chempioni, har bir jang uchun taxminan 500 ming dollar oladigan Aleksandr Pantojanikidan kam emas.

"Taxminan shuncha, yarim million dollar. UFC bilan shartnomamni uzaytirishmaganida, Brave CF menga "Sen umuman qayg'urma, biz senga ko'proq beramiz" deyishgandi. Rostini aytsam, men hatto Brave CF bilan biror marta shartnomani ko'rmaganman - ular menga sanani, vaznni aytishadi, men turnirga kelaman va hokazo. SHartnomamiz shunchaki og'zaki. Hech qachon hech qanday hujjatga imzo chekmaganmiz. Ammo menga pul topishdan ko'ra UFC kamari qiziqroq. Hozircha mening maqsadim - ushbu divizionda eng yaxshi ekanligimni isbotlash", - dedi Mokaev "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq, britaniyalik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan aralash yakkakurash ustasi Kamil Gadjiev bilan suhbatda kelasi hafta Qatarda bo'lib o'tadigan UFC turniriga tashrif buyurishi va u erda dunyoning eng kuchli ligasi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazishini malum qilgandi.

O'tgan hafta oxirida asli kelib chiqishi dog'istonlik bo'lgan Mokaev ikkinchi raundda irlandiyalik Jerard Bernsni nokautga uchratib, eng engil vazn toifasida vakant bo'lgan Brave CF chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing