08 noy 11:15
Yangiliklar
Muhammad Mokaev Brave chempioniga aylandi (VIDEO)
Brave CF 100 oqshomida UFC`dan haydalgan dog'istonlik Muhammad Mokaev ushbu ligadagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu safargi g'alaba Mokaevga Brave eng engil vazn (56,17 kg) toifasidagi chempionlik kamarini taqdim etdi. Mokaev vakant qolgan chempionlik kamari uchun irlandiyalik Jerard Bernsga qarshi oktagonga ko'tarildi va ikkinchi raundning boshida raqibini nokautga uchratdi.
Etiborlisi, birinchi raundda Mokaev raqibining belidan pastki qismiga zarba berib yubordi va buning natijasida Berns tiklanish uchun besh daqiqalik taym-aut oldi. Jangdan keyin Muhammad Mokaev o'ta engil (61,2 kg) vazndagi Brave chempionlik kamarini qo'lga kiritish asosiy maqsadi ekanini malum qildi.
Qizig'i shundaki, rasmiy tarozi marosimidan keyin Mokaev janggacha 10 kilgrammdan ko'proq vazn to'play olgan. Tarozida 56,17 kg vazn ko'rsatgan Muhammad jang kuni oktagonga 67,13 kg vazn bilan ko'tarildi.

Fikrlar