28 mar 14:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Muhammad Mokaev keyingi jangi sanasi va manzilini elon qildi + FOTO
Sobiq UFC jangchisi, asli chechenistonlik, hozirda Buyuk Britaniya sharafini himoya qilayotgan Muhammad Mokaev navbatdagi jangini o'tkazadi.
"2 may kuni. Dubay. Karate Combat. Hayotimdagi birinchi sport turi karate edi, keyin kurashga o'tganman. SHunchaki jang qilishni, faol bo'lishni va tajriba orttirishni xohlayman. Menda har doim "V" rejasi kurashish bo'lgan. Ammo men "A" rejasi ustida ishlashim kerak", deb yozgan Mokaev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Malumot uchun, Muhammad Mokaev 24 yoshda. U 2020 yilda professional faoliyatida debyut qilgan, 2022 yildan 2024 yilgacha UFC'da o'z janglarini o'tkazgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar