18 fev 11:36
Yangiliklar
Muhammadjon Qurbonov Toshkentda chempionlik kamari uchun jang qiladi
4 mart kuni poytaxtimiz Toshkentda Octagon 42 musobaqasi bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqa doirasida yarimengil vaznda o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Muhammadjon Qurbonov (9-4) ham jang qilishi malum bo'ldi. Qurbonovga o'sha kuni qirg'izistonlik Argen Abdikadirov (7-0) raqiblik qiladi. Etiborlisi, ushbu jang yarimengil vaznda Octagon chempionlik kamari uchun bo'lib o'tadi.
SHuningdek, ushbu musobaqa doirasida qozog'istonlik Samat Mamedov (4-0) va o'zbekistonlik Doston Bozorovlar (7-1) engil vazn chempionligi uchun kurashishadi.
Bundan tashqari, poytaxtimiz mezbonlik qiladigan musobaqada Odilxon Kamolov, Hikmatillo Abdullaev, Suhrobbek Atajanov kabi jangchilarimiz oktagonga ko'tarilishadi.
Fikrlar