25 may 19:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Muhiddin Mamajonovni enggan Fazliddin Madrahimov endi Amirxon Alixo'jaevni jangga chorladi
Engil vazn toifasida Hardcore FC sobiq chempioni, tojikistonlik MMA jangchisi Fazliddin Madrahimov o'zbekistonlik Amirxon Alixo'jaev bilan jang qilish istagini bildirdi.
"Menga Alixo'jaev bilan jang qiziq. "Humo arena"da bo'ladigan keyingi turnir uchun allaqachon jang taklif qilishdi. Men tayyorman. Sen tayyormisan Alixo'jaev? Men seni muddatidan oldin engaman. In SHa Alloh, shunga harakat qilaman. Albatta agar sen jangni qabul qilsang, qochmasang. O'zbekistonda ikki marta jang qildim, sen uchinchisi bo'lishing mumkin. SHunday ekan, agar yaxshi jangni xohlasang, rozi bo'l", deydi Madrahimov.
Malumot uchun, Fazliddin Madrahimov Muhiddin Mamajonov bilan 2 marta jang qilib, birida durang qayd etgan va ikkinchisida g'olib bo'lgan. So'nggi jangida esa Doston Bozorovga imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : BugunSport
Fikrlar