03 iyu 21:17
Yangiliklar
Dzyudo

Muhriddin Tilovov 5-o'rin hamda 360 reyting ochkosini qo'lga kiritdi
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo'yicha “Katta dubulg'a” tasnifiga kiruvchi musobaqaning birinchi kuni o'z yakuniga etdi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Muhriddin Tilovov (-66 kg) beshinchi natijani qayd etdi. Bronza medali uchun kurashda vakilimizga yaponiyalik Ryoma Tanaka raqib bo'ldi. Butun bahs davomida har tomonlama ustunlik qilgan Tanaka dastlab vazari, so'ng ippon bahosini qo'lga kiritib, bellashuv taqdirini o'z foydasiga hal qildi.
Ushbu natija Tilovovga jahon reytingi uchun 360 ochkoni taqdim etadi. Bu orqali yangi haftada o'z o'rnini (76) ancha yaxshilab oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar