So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

12 okt 17:02
Yangiliklar

Taekvondo, Tadbirlar

Muhtasham “Universal” sport majmuasida ilk turnir o'tkaziladi

Teglar :  Taekvondo
14-15 oktyabr kunlari O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi hududida qad rostlagan “Universal” sport majmuasida XV Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi elchisi sovrini uchun o'smirlar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tadi.


Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 300 nafardan ortiq o'smir-qiz 10ta vazn toifasida dayanga tushadilar.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va hukumatimiz rahbariyati tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga juda katta etibor qaratilgan va bu jarayon izchillik bilan davom etmoqda. Mamlakatimizda bir-birini takrorlamaydigan, zamonaviy andozalarga to'la mos keladigan muhtasham sport inshootlari qad rostlayotgani natijasida ommaviy tarzda shug'ullanuvchilar soni ham ortyapti. Bugungi kunda poytaxtimizning ko'rkiga aylangan “Universal” sport majmuasi buning yaqqol namunasidir.

SHu qatorda taekvondo WTF yurtimizda tobora ommalashib bormoqda. Sportchilarimizning xalqaro arenalardagi yutuqlari, Osiyo o'yinlari, jahon chempionatlarida qo'lga kiritgan muvaffaqiyatlarini alohida takidlash kerak. Ayni paytda mamlakatimizda minglab o'g'il-qiz sharq yakkakurashining ushbu turini tanlashgani ham bejiz emas.

Elchi sovrini uchun o'tkaziladigan musobaqada mashhur Kukkivon akademiyasi tarbiyalanuvchilarining ham chiqishlari rejalashtirilgan.

G'olib va sovrindorlar nomi 15 oktyabr kuni malum bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing