18 okt 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Mujibillo Tursunov WBC Gran-pri 1/2 finali oldidan taroziga chiqdi + FOTO
Ertaga Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC Gran-prisining 1/2 final janglari o'tkaziladi.
Xabaringiz bor, yaxshigina mukofot jamg'armasiga ega ushbu turnirda hamyurtimiz Mujibillo Tursunov ham o'zining g'olibona yurishini davom ettiryapti. Biroz avval 1/2 final ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish hamda face to face marosimlarida hozir bo'lishdi.
Tursunov final chiptasi uchun ukrainalik Danilo Lozanga qarshi ringga ko'tariladi. Tarozida Mujibillo raqibidan engilroq tosh bosdi. Lozan - 64,3 kg, Tursunov esa roppa-rosa 64 kg vazn ko'rsatdi.
Malumot o'rnida, charm qo'lqop ustamiz prof faoliyati davomida hozirga qadar 8 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Lozan hisobida esa 15 ta g'alaba bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar