12 apr 19:32
Yangiliklar

Mukofot jamg'armasi 200 mln bo'lgan “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasida g'oliblar aniqlandi + FOTOGALEREYA
Erkaklar o'rtasida tashkil etilgan turnirda -81, -90, -100 va +100 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Ikki vaznda surxondaryolik dzyudochilar oltin medalga ega chiqdi. Qolgan ikki vaznda Qashqadaryo va Buxoro viloyati polvonlari shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
“Uzbekistan Judo Tour” musobaqasininig umumiy mukofot jamg'armasi 200 million so'mni tashkil qildi. Vazn chempionlari 22, 2-o'rin sohiblari 14, bronza medal egalari esa 7 million so'm miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritdi.
Barcha g'olib va sovrindorlar:
-81 kg vazn toifasi
1. Amirbek Aminov (Buxoro)
2. Muhammadyahyo Muhammadjonov (Toshkent shahri)
3. Nodir Mavlonberdiev (Xorazm)
3. Asadbek Norbo'taev (Toshkent viloyati)
-90 kg vazn toifasi
1. Otabek To'raboev (Surxondaryo)
2. Ramazon Allaberdiev (Surxondaryo)
3. Azamat Ablakulov (Samarqand)
3. To'lqinbek Turdiev (Buxoro)
-100 kg vazn toifasi
1. SHermuhammad Jandreev (Surxondaryo)
2. Muhammadali Tangriev (Toshkent viloyati)
3. Ruslan Boltaev (Buxoro)
3. Samir Nazirboev (Qoraqalpog'iston)
+100 kg vazn toifasi
1. Islombek Ravshanqulov (Qashqadaryo)
2. Javohir Murodullaev (Qashqadaryo)
3. SHohruhxon Baxtiyorov (Toshkent shahri)
3. Fazliddin Rafiqov (Toshkent shahri)
Fikrlar