13 noy 18:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Mungia va Rosado tarozidan o'tdi. Meksikalik raqibidan og'irroq + FOTO
Xayme Mungia hamda Gabriel Rosado ertangi jang uchun taroziga chiqdi.
Yarimo'rta vazn toifasidagi meksikalik Xayme Mungia hamda amerikalik Gabriel Rosado bizning vaqt bilan 14 noyabr tongida Kaliforniya shahridagi Honda Senter(AQSH) arenasida to'qnashadi. Uchrashuv oldidan vazn o'lchash va face-to-face marosimi o'tkazildi.
Xayme Mungia (37-0, 30 KO) - 72,6 kg, Gabriel Rosado (26-13-1, 15 KO) - 72,3 kg vazn qayd etdi.
Gabriel Rosado Bektemir Meliqo'ziev bilan jang natijasini «Yil nokauti» deb atadi va endi Mungia bilan «Yil jangi»ni o'tkazmoqchi.
Havola :
Manba : Boxingscene
Fikrlar