09 okt 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Murabbiy: "Islamning zarba berish texnikasi Xabibnikiga qaraganda ancha yaxshi"
Mashhur murabbiy Xaver Mendes rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Islam Maxachev va engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovni solishtirdi.
"Xabib Dog'istonda otasining sport zalida faqat men bilan shug'ullangan. SHuning uchun Xabib zarbasini kuchaytirishga ko'p vaqt ajratmagan. Islam esa boshqa odamlar bilan mashq qilishi mumkin edi.
Dog'istonda u bilan birga ishlaydigan ajoyib murabbiylar bor. Demak, Islamning zarba berish texnikasi Xabibnikiga qaraganda ancha yaxshi. U yil davomida buning ustida ishlaydi. Islam to'xtovsiz o'sib bormoqda va hozirgacha men tayyorlagan eng yaxshi jangchilardan biri hisoblanadi", — dedi Mendes.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar