07 jan 10:25
Yangiliklar

Murabbiy Kommi Richardning Lomachenko bilan jangdagi asosiy xatolarini aytib o'tdi
Engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Richard Kommining murabbiyi Andre Roze o'z shogirdining Vasiliy Lomachenkoga qarshi jangdagi mag'lubiyatiga izoh berdi. Mutaxassis jangni batafsil tahlil qilib, unda shogirdining asosiy xatolarini takidlab o'tdi.
Rozening so'zlariga ko'ra, Richard yig'inda puxtalik bilan tayyorlangan rejani bajara olmadi.
«Biz Richard ringda uddasidan chiqa olmagan narsalar ustida ko'p ishladik. Men unga qo'llarini yuqoriga ko'tarishini aytgandim, lekin u tez-tez qo'llarini tushirib yubordi. CHap qo'lini pastga tushirish - bu katta xato. Lekin u jangda men kutganimdan ham ko'proq shunday qildi. Men unga chapga aylanishni, tanaga o'tishni va jebni ishlatishni aytdim. Lekin u hech narsa qilmadi.
SHunda men juda muhim muammoni ko'rdim. Lomachenko ko'kragiga bosib, chap qo'li bilan urdi, bu vaqtda Richardning qo'llari tizzasida edi va u tik turardi. Sizningcha, nima bo'ladi? U zarbadan maksimal zarar oldi», - dedi Roze WBH radiosi efirida.
Fikrlar