10 iyu 10:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Murabbiy Konor nega engil vaznga qaytmoqchi emasligini aytdi
Konor Makgregorning murabbiyi Jon Kavana irlandiyalik jangchi endi engil vazn toifasiga qaytishni rejalashtirmayotganini va faoliyatini yarim o'rta vaznda davom ettirish niyatida ekanini malum qildi.
Aynan shu vaznda Makgregor UFC 329 turnirining markaziy jangida Maks Xolloueyga qarshi revansh o'tkazadi.
"Konorning yana engil vaznda jang qilishi uchun haqiqatan ham juda muhim bir voqea sodir bo'lishi kerak. Hozir yarim o'rta vaznda ishtirok etish unga juda qulay. Bu vazn limitiga tushish ham osonlashgan, qolaversa, uning gavda tuzilishi ham shu toifaga mos keladi. Kuch borasida ham unda muammo yo'q.
Bundan tashqari, Konorning qo'llari odatdagidan ancha uzun — deyarli orangutanniki kabi. SHu sababli u o'zini juda ishonchli his qiladi. Hatto shunday deyish mumkinki, u egilib o'tirmasdan ham poyabzalining ipini bog'lay oladi", — dedi Kavana Yahoo Sports nashriga.
Havola :
Manba : Yahoo Sports
Fikrlar