17 dek 16:48
Yangiliklar
Dzyudo
Murabbiylar uchun seminar boshlandi FOTOGALEREYA
O'zbekiston dzyudo federaciyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri murabbiylari uchun seminar o'tkazilyapti.
Ushbu seminar O'zbekiston dzyudo federaciyasi sport direktori Marko SHpitka tomonidan olib borilmoqda. Uch kunga mo'ljallangan seminarda murabbiylarimiz tajribali mutaxassis yordamida o'z bilim va ko'nikmalarini oshirib oladilar. Mashg'ulotlar nazariy va amaliy ko'rinishda olib borilyapti.
Marko SHpitka turli yosh toifasidagi dzyudochilar uchun mo'ljallangan mashg'ulotlarni qay tarzda o'tkazish, razminka va o'yinlar, parter texnikasi, tatamida yakka va jamoaviy usulda ishlash kabi yo'nalishlarda saboq beryapti.
Murabbiylar mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar