04 iyu 18:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Muradov Legion Team jamoasi GFC turnirida ishtirok etish uchun Gruziyaga jo'nab ketdi
7 iyul kuni Gruziya poytaxti Tbilisi shahridagi GFC Arena'da MMA bo'yicha GFC 22 turniri bo'lib o'tadi.
Ahamiyatlisi, mazkur musobaqa doirasida ikki nafar o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi jang qiladi. Ular Muradov Legion Team jamoasi azolari - Timur Salimov (4-1-0) hamda Hilola Sobirova (2-2-0).
Salimov turnirning co main event'ida gruziyalik Mixail Sajyaniniga (10-2-0) qarshi oktagonga chiqsa, Hilola Sobirova yana bir gruzin - Maryam Torchinava (6-2-0) bilan hisob-kitob qiladi.
Bugun jangchilar murabbiy Jasur Alijonov bilan birgalikda Gruziyaga uchib ketishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar