17 okt 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Murat Gassiev superog'ir vaznda WBA kamari uchun jang qiladi + POSTER
Xalqaro boks associaciyasi (IBA) 12 dekabr kuni BAAning Dubay shahrida turnir o'tkazilishini elon qildi.
Oqshomning asosiy jangi superog'ir vaznda WBA Regular kamari uchun kechadi. Unda bolgariyalik Kubrat Pulev (32-3, 14 KO) birinchi og'ir vazn toifasida jahon chempioni rossiyalik Murat Gassiev (32-2, 25 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, vladikavkazlik 32 yoshli Murat Gassiev professional ringda 2011 yilda debyut qilgan. 2016 yilning dekabr oyida birinchi og'ir (90,7 kg.gacha) vaznda jahon chempioni bo'ldi. U o'zi uchun o'sha tarixiy jangda hamyurti Denis Lebedevni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lubiyatga uchratgandi. 2018 yilda birinchi og'ir vazndagi barcha kamarlarni o'z qo'lida birlashtirdi. 2020 yildan superog'ir vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelyapti.
Havola :
Manba : Sky Sports New Zealand
Fikrlar