19 okt 18:36
Yangiliklar

Murat Gassievning yana raqibi o'zgardi
Bu bilan Gassievning raqibi ikkinchi bor almashmoqda. Murat uchinchi urinishda albaniyalik Nuri Seferiga qarshi ringga ko'tariladi. Bu haqida jang tashkilotchilaridan biri, taniqli promouter Vladimir Xryunov xabar berdi.
"Afsuski, Sefer Seferining mashg'ulot o'tkazayotgan zalida koronavirus aniqlanibdi. Endi u karantinda o'tirishga majbur. Yana bir sababi Sefer Murat Gassievni qo'rqdi. Murat endi Seferning akasi Nuri Seferiga qarshi jang o'tkazadi", — dedi Xryunov.
Malumot uchun, Gassievning superog'ir vazndagi debyuti 31 oktyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida bo'lib o'tadi. Avvaliga Murat WBC kamariga sobiq davogar, amerikalik Kevin Jonsonga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Keyin esa Sefer Seferi nomzodi maqullandi.
Fikrlar