08 jan 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Murata Kaneloning o'rniga superchempionga aylandi
Yaponiyalik bokschi Riota Murata (16-2, 13 KO) Kaneloning o'rniga WBA yo'nalishining superchempioniga aylandi.
Meksikalik bokschi Saul Alvares o'rta vazndagi WBA Super kamarini bo'shatib qo'yganidan so'ng, shunday qaror qabul qilindi.
Avvalroq, yaponiyalik bokschida WBAning Regular kamari mavjud edi. Kanelo esa superchempion hisoblanardi.
Murata so'nggi marotaba bir yil oldin jang qilgan va o'shanda u Stiven Batlerni beshinchi raundda nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar