So’nggi yangiliklar

10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0

15 okt 15:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Murod Xonto'raev ozodlikka chiqarildi

Teglar :  Murod Xonto'raev
2018 yil 12 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo'yicha Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvchilar Murod Xonto'raev, Doniyor Vahobov va Ilhomjon Parpievga nisbatan jinoyat ishini ko'rib chiqish bo'yicha sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi elon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidovning Kun.uz’ga malum qilishicha, mazkur jinoiy ish sudya Temur Qosimov raisligida ko'rib chiqildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to'liq o'rganib, M.Xonto'raevni, D.Vahobovni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) 3 qismi “a” bandi, I.Parpievni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) 1 qismi va 277-moddasi (“Bezorilik”) 2 qismi “a”, “b”, “v” bandlarida ko'zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi.

Sud O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi va jinoyat qonunchiligida o'zining teran ifodasini topgan insonparvarlik, bag'rikenglik va adolat tamoyillaridan kelib chiqib, sudlanuvchilarga jazo tayinladi.

Jinoyat ishlari bo'yicha Yakkasaroy tuman sudi M.Xonto'raevga eng kam oylik ish haqining 94 barobari miqdorida jarima jazosi, D.Vahobovga 3 yil 8 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi, I.Parpievga oylik ish haqidan 20 foiz davlat foydasiga ushlab qolgan xolda 2 yil 1 oy 24 kun muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.

Sudlanuvchilarga jazo tayinlashda ular istiqomat qiluvchi mahalla fuqarolar yig'inlari tomonidan taqdim etilgan o'z kafilligiga olish haqidagi xatlari inobatga olindi.

SHuningdek, sud tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Murod Xonto'raev bir qator shaxslar bilan birgalikda 21 iyunga o'tar kechasi Yunusoboddagi tungi klublardan birida «jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan, tartibsizlik qilgani» haqida xabar berilgandi.

Uning o'zi tan jarohati (ko'kragiga pichoq bilan zarba berilgan) bilan Yunusoboddagi 7-kasalxona (sobiq 17-shahar kasalxonasi)ga yotqizilgan, keyingi kuni miliciya tomonidan olib ketilgan.

Malumot uchun, Xonto'raev 1987 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Ayni paytda u Toshkent shahridagi G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialining 3-kurs talabasi. Oilali va ikki nafar farzandi ham bor.

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing