So’nggi yangiliklar

21:07FIFA Series. Ўзбекистон Венесуэлани мағлуб этди 0 19:05Арман Царукян Чимаев — Стрикленд жангига тахмин билдирди 0 18:41"Реал"нинг ёзги биринчи трансфер мақсади аниқ 0 18:20Оғир атлетика бўйича 2026 йилги Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 17:59Ўзбекистон яна бир истиқболли спортчини маҳаллийлаштирди 0 17:38Девин Хейни Роландо Ромерога Шаҳрам Ғиёсов билан жанг қилишни маслаҳат берди 0 17:15"Ливерпул"нинг янги мавсумдаги мураббийи маълум 0 16:52Арман Царукян вазнини ўзгартиришга тайёр 0 16:25Дана Уайт Адесаньянинг мағлубияти ҳақида гапирди 0 16:02"Ҳозирги Макгрегор Хабибни икки дақиқада мағлуб этади" - ММА жангчиси 0 15:39Сеговиа Теласко: "Ўзбекистонга қарши ўйин қийинроқ бўлиши аниқ" 0 15:18Топурия — Гэтжи жангида захира жангчиси ким бўлиши айтилди 0 14:55Қирғизистонлик мураббий Франция терма жамоаси бош мураббийига айланди 0 14:33Арман Царукян: "Одамлар мени ақлдан озган деб ўйлашади, лекин..." 0 14:12Ўзбекистоннинг ЖЧ-2026`даги гуруҳдоши ўртоқлик ўйинида Францияга ютқазди 0

27 iyu 18:44
Yangiliklar

Boks/MMA

Murod Xonto'raevning vafoti bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi

Teglar :  Murod Xonto'raev
O'zbekiston MMA associaciyasi vice-prezidenti Murod Xonto'raev vafot etgan yo'l-transport hodisasi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Malum qilinishicha, holat bo'yicha Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoiy ish qo'zg'atilgan. 

Murod Xonto'raev boshqaruvidagi BMW X5 avtomobili bilan to'qnashuv sodir etgan Lacetti avtomobili haydovchisi A.U. guvoh sifatida tergovga jalb etilgan. 

Eslatib o'tamiz, "Osiyo ayig'i" nomi bilan tanilgan MMA jangchisi, O'zbekiston MMA associaciyasi vice-prezidenti Murod Xonto'raev ishtirokidagi YTH joriy yilning 19 iyul kuni soat 11:30 larda Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani hududidan o'tuvchi 4R-12 avtomobil yo'lining 68-kilometrida sodir bo'lgan. Bir yo'nalishda harakatlanib ketayotgan Lacetti hamda BMW X5 rusumli avtomobillar ishtirokidagi to'qnashuvda BMW X5 rusumli avtomobil yo'ldan chiqib ketib, ag'darilgan.

Oqibatda BMW X5 rusumli avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug'ilgan Murod Xonto'raev voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo'lovchisi Jasur Anorboev tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing