06 avg 16:03
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev: "CHempionning uyiga borib, kamarlarini olib kelish kerak"
"Professional faoliyatimga nazar tashlasangiz, men o'z uyimda faqat bir marta jang qilganimni ko'rishingiz mumkin. Meksika, Nyu-York, Puerto-Riko, Xitoyda bo'lganman, AQSHda ko'plab amerikaliklar bilan jang qilganman. Men uchun qaergadir borib jang qilish hech qanday muammo emas. Buyuk jangchilargina shunday qiladi. CHempionning uyiga borib, unvonini olish kerak. Yirtqichlarga kelsak, boksda yirtqichlar yo'q. Men o'zimni hech qachon bunday deb atamagan bo'lardim. Menimcha, bu raqibimga ham tegishli emas. Hammamiz insonlarmiz", deydi Ahmadaliev.
Eslatib o'tamiz, Murodjon Ahmadaliev va Naoya Inoue o'rtasidagi mutlaq chempionlik jangi 14 sentyabr kuni Nagoya (Yaponiya) shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar