27 apr 08:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev Inoue bilan bir oqshomda jang qilmaydi
4 may kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida yirik professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangi ikkinchi eng engil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda amerikalik Ramon Kardenas o'rtasida kechadi.
Avvalroq, menejer Vadim Kornilov mazkur turnir doirasida ikkinchi eng engil vaznda Inoue egallab turgan WBA kamariga majburiy davogar, WBA Interim sohibi Murodjon Ahmadaliev ham ringga ko'tarilishini aytgandi.
Biroq Telegram platformasidagi BoxerTV kanalining yozishicha, Ahmadaliev 4 may kuni jang qilmaydi. Lekin may oyining oxirida yana o'z ishiga qaytadi.
Malumot uchun, Inoue va Ahmadaliev keyingi janglarida g'alaba qozonishgan taqdirda, 14 sentyabr kuni Tokioda o'zaro to'qnash keladi.
Havola :
Manba : t.me/BoxerTV
Fikrlar