19 apr 13:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev jangining taxminiy sanasi malum
Birinchi yarim engil vazn toifasida WBA va IBF kamari sohibi Murodjon Ahmadaliev navbatdagi jangini WBA yo'nalishidagi majburiy davogar Ronni Riosga qarshi o'tkazadi.
Malum bo'lishicha, ushbu jang 25 iyun kuni AQSHda o'tkazilishi kutilmoqda. Buni bokschiga yaqin manbalardan biri aytib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida o'ta engil vazn toifasida WBC kamari sohibi Jessi Rodriges o'z kamarini tailandlik Visaksil Vangekkadan himoya qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar