12 sen 09:33
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev: "Men bu erga Yaponiyaning chiroyli joylarini tomosha qilish uchun kelmadim"
Xususan, charm qo'lqop ustamiz anjumanni kirish so'zi bilan boshlab, maqsadi mutlaq jahon chempioni bo'lish ekanini aytdi.
"Men bu erga chempionlik kamarlarini olib ketish uchun kelganman. Maqsadim - mutlaq jahon chempioni bo'lib, tarixga kirish. Buning uchun 14 sentyabr kungi jangda ringga borimni tashlab chiqib ketaman. Bu erga Yaponiyaning chiroyli, tarixiy, diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish uchun kelmaganman. Jangda har bir raundni yutishim kerak. Buning uchun jang davomida ringda chiroyli, toza va aql bilan ishlashga astoydil harakat qilaman. Bu jangni ikki yil kutdim. Berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalanib qolishim shart. Buning uchun 100 foiz kuch bilan jang qilaman.
Fursatdan foydalanib, ushbu jangni o'tkazayotgan tashkilotchilar, homiylar, promouterlarga o'z minnatdorligimni bildiraman. Ertaga tarozi marosimi, indinga jang, demak, tarix yozilishiga oz fursat qoldi", - dedi Ahmadaliev.
Fikrlar