09 iyu 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Murodjon Ahmadaliev sobiq jahon chempioniga qarshi jang o'tkazishi mumkin
O'zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadalievning navbatdagi raqibi sifatida WBA versiyasi bo'yicha yarim engil vaznning sobiq chempioni ko'rilmoqda.
U Nik Boll! Xorijiy manbalar tarqatgan malumotlarga ko'ra, tomonlar o'rtasida ehtimoliy jang yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn ham bu borada dastlabki muloqotlar bo'lib o'tganini malum qilgan.
Hozircha jang rasman tasdiqlangani yo'q. SHu bois jangning sanasi, manzili va boshqa tafsilotlar malum emas.
Malumot uchun, Murodjon Ahmadaliev professional faoliyati davomida 15 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. U ikkinchi eng engil vaznda sobiq jahon chempioni hisoblanadi.
29 yashar Nik Boll hisobida esa 23 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 ta durang bor. U so'nggi jangida Brendon Figeroaga mag'lub bo'lib, WBA kamaridan ayrilgandi.

Havola :
Manba : x.com/intboxingnews
Fikrlar