18 noy 12:51
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev – Xose Velaskes. Bokschilar matbuot anjumanida nimalar dedi?
Kecha engil vazn toifasida WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Murodjon Ahmadaliev (9-0, 7 KO) va raqib chililik Xose Velaskes (29-6-2, 19 KO) 19 noyabr kuni bo'lib o'tadigan jang oldidan yakuniy matbuot anjumanida qatnashdi va bo'lajak to'qnashuv haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
Murodjon Ahmadaliev:
«Jang koronavirus bilan kasallanganim sababli qoldirilganiga va Ronni Riosning virus yuqtirib olganligi sababli raqib almashtirilganiga qaramay, men bu jangga tayyorman. To'qnashuv bo'lib o'tayotganidan juda xursandman. Raqibim ancha kuchli, men uni hurmat qilaman. Men yaxshi va ajoyib jang ko'rsataman, kamarlarimni o'zimda saqlab qolaman, shuningdek, ushbu vazndagi barcha kamarlarni birlashtirishga tayyorman».
Xose Velaskes:
«Men bu jangga juda qattiq tayyorgarlik ko'rganman, bu imkoniyatni 20 yil kutdim va jang kuni buni namoyish etaman. Ha, Ahmadaliev zo'r bokschi, lekin u mendek kuchli va g'alabaga chanqoq bokschini hali uchratmagan».
Fikrlar