So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

03 jan 23:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning Marlon Tapalesga qarshi himoya jangi bo'yicha kelushivga erishildi

Xabaringiz bor, IBF tomonidan Murodjon Ahmadaliev hamda filippinlik Marlon Tapales o'rtasidagi jangga buyruq berilgan edi.

Bugun, 3 yanvar kuni IBF'ning Nyu-Jersidagi shtab-kvartirasida ikkinchi eng engil vazn toifasi (- 55 kg)da IBF va WBA kamarlari sohibi, o'zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliev (11-0) hamda filippinlik Marlon Tapales (36-3) ishtirokidagi chempionlik jangi uchun promouterlik savdosi o'tkazilishi lozim edi, biroq har ikki tomon bu borada o'zaro kelishuvga erishgach, aukcion bekor qilingan.

BoxingScene.com nashrining malum qilishicha, ikkala tomon ham moddiy tomonlama o'zaro kelishuvga erishgan. Jang sanasi va manzili hozircha malum emas. Ahmadalievning umumiy hisobda to'rtinchi himoya jangi 2023 yilning ilk choragi hamda aprel oyining so'ngida bo'lib o'tishi taxmin qilinmoqda.

Bokschilar o'rtasidagi jangni tashkil etish uchun promouterlik savdosi aslida 20 dekabr kuni o'tkazilishi kerak edi, biroq IBF har ikki tomon iltimosiga binoan uni 3 yanvar sanasiga qoldirgan edi.

Eslatib o'tamiz, Ahmadaliev 2022 yil iyun oyida amerikalik Ronni Rios (33-3)ni mag'lubiyatga uchratib, o'ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini uchinchi bor muvaffaqiyatli himoya qilgandi. Tapales esa ohirgi jangini o'tgan yilning may oyida meksikalik Xose Estrella (23-19-1)ga qarshi o'tkazib, muddatidan avval g'alaba qozongan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing