31 may 07:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning Meksikadagi jangi muddatidan oldin yakunlandi
Meksikaning Gvadalaxara shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi.
Ushbu jang oqshomi doirasida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev mezbon Luis Kastiloga qarshi ringga ko'tarildi.
10 raundga mo'ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. Murodjon Ahmadaliev jangning 8-raundida g'alaba qozonib, jangni o'z foydasiga hal etdi. Ketma-ket zarbalar seriyasidan so'ng raqib faol qarshilik ko'rsata olmadi va hakam jangni to'xtatib, texnik nokaut qayd etdi.
Bahs mobaynida Ahmadaliev raqibini bir necha bor nokdaun holatiga ham tushirib qo'yganini takidlash lozim.
Endi Ahmadaliev navbatdagi jangini sentyabr oyida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar