23 may 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA
"Mushukchalar". Iliya Topuriya Makgregor - Xollouey jangi uchun taxmin bildirdi
UFC chempioni Iliya Topuriya Konor Makgregor va amerikalik Maks Xollouey o'rtasidagi jang haqida gapirdi.
"Konor oktagonga uzoq vaqt chiqmagani uchun Maksdan ancha yomon deb o'ylamayman. Ular ikki kichik mushukchadek yopishib olishadi. Bilasizmi, mushukchalar o'yin qilib mushtlashadi-ku? Xuddi shunday bo'ladi.
Lekin menimcha, Konor g'alaba qozonadi. Axir ular avval ham jang qilishgan va Konor yutib chiqqan. Bu safar ham g'alaba qozonishi mumkin. Rostini aytsam, kimga muxlislik qilishimni so'rasangiz, Makgregorni aytardim", — dedi Topuriya KirmiziKoseMMA’ning X sahifasiga.
Havola :
Manba : KirmiziKoseMMA
Fikrlar