So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

15 noy 17:22
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Mustaqil O'zbekistonning yozgi Olimpiadadagi ilk chempioni, yubiley 50 yoshni qarshi olgan Muhammadqodir Abdullaev haqida

O'zbek sporti afsonalaridan biri Muhammadqodir Abdullaev bugun 50 yoshga to'ldi.

SHu munosabat bilan sobiq bokschi haqidagi malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.


O'zbekiston mustaqillikka erishgach, ko'plab sohalarda xususan, sportda dunyoga tanilgan nomdor sportchilar etishib chiqdi. SHu o'rinda yozgi olimpiya o'yinlarida ilk oltin medalni qo'lga kiritgan bokschi Muhammadqodir Abdullaevni alohida takidlash lozim.

Muhammadqodir Mamatqulovich Abdullaev — 1973 yil 15 noyabr Andijon viloyatida dunyoga kelgan. -63,5 kg vazn  toifasida Olimpiada va jahon chempioni bo'lgan. O'zbekiston chempioni (1993, 1996—98), xalqaro toifadagi sport ustasi (1998). Andijon davlat universiteti talabasi (2000). Abdullaev bir necha xalqaro turnirlarning g'olibi (1994, Turkiya; 1997, Eron; 1999, Franciya). Markaziy Osiyo o'yinlarida 1995 yil — 2 o'rin, 1997 yil — 1-o'rin, 13-Osiyo o'yinlari (Tailand, 1998)da 1-o'rin; Osiyoning 2 karra chempioni (1997, 1999). 1999 yil AQSHning Xyuston shahrida o'tkazilgan jahon chempionatining , 2000 yil Sidneyda o'tkazilgan 27-yozgi Olimpiya o'yinlarining oltin medali bilan taqdirlangan. Qirol kubogi (1998, Tailand) hamda Jahon kubogi (1998, Xitoy) musobaqalarida “eng yaxshi bokschi” deb tan olingan. “SHuhrat” medali (1995), “El-yurt hurmati” ordeni (1999) bilan mukofotlangan.

O'zbekiston delegaciyasi 1996 yilda Atlantada o'tkazilgan Olimpiadada o'z ishtirokini boshlagan. Sportchilar ilk Olimpiadada 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan kifoyalangan. 

2000 yilda Sidneyda bo'lib o'tgan Olimpiadada esa bokschi Muhammadqodir Abdullaev O'zbekistonga tarixiy ilk oltin medalni taqdim etdi.

Muhammadqodir Sidney Olimpiadasida -63,5 kg vazn toifasida medal uchun kurash olib bordi. Dastlabki bosqichda Migel Kottoni taslim etgan. Nimchorak finalda Belarus vakili Sergey Bukovskiyni, yarim finalda jazoirlik Muhammad Allaluni taslim etib, finalga chiqqan. Abdullaev final bosqichida esa AQSH vakili Rikardo Uilyamsni 27:20 hisobida mag'lub etib, oltin medalga ega chiqqandi.

Olimpiadada tengsiz bo'lgan Muhammadqodir o'sha lahzalarni shunday xotirlaydi: 

“SHohsupada oltin medalni taqqaningizda baribir ishonmaysiz. CHunki kuchli hayajon bosadi. Xayolda faqat tezroq O'zbekistonga borish, odamlar bilan ko'rishish, tezroq shu medalni ko'rsatay, degan xayol bo'ladi. Men chempionlik bilan bo'ynimga katta masuliyat taqilishini boshida bilmasdim. Olimpiada chempioni bo'lganimdan keyin bildim – ko'chada yurish, odamlar bilan muomala, hammasi o'zgarar ekan. Endi odamlar Olimpiada chempioniga boshqacha ko'z bilan qarashadi, shunga siz ham labbay deb javob berishingiz kerak ekan. Qaerga borsangiz, kattalar peshonangizdan o'padi, bundan ortiq baxt yo'q aslida. 2000 yilda chempion bo'lgan bo'lsam, hozir maktablarda juda ko'p Muhammadqodirlar bor, bu men uchun sharaf. SHu sabab yoshligim qaytib kelsa, qo'rqmasdan yana boksni tanlagan bo'lardim”.




Abdullaev haqida qiziqarli malumotlar: 

Muhammadqodir Abdullaev havaskor boksda O'zbekistondagi eng nomdor uch nafar bokschi bo'lsa, ulardan bittasi hisoblanadi.

U 1973 yil 15 noyabr kuni Andijon shahrida tug'ilgan. 

Boks olamiga ilk qadamlarini 12 yosh chog'ida qo'yadi.

1985 yildan boshlab, Andijon shahar “Spartak” stadionidagi boks to'garagiga qatnay boshlaydi. O'zbekistonlik dongdor bokschi bunga eng avvalo ashaddiy sport ishqibozi bo'lgan otasining orzusi sabab bo'lganini aytadi.

Ayni o'rinda shuni alohida takidlash joizki, 2000 yilgi Sidney Yozgi Olimpiada o'yinlarida erishgan tarixiy yutug'iga qadar Muhammadqodir Abdullaev qita va xalqaro miqyosda o'tkazgan biror bir jangida yutqazmagan.


Muhammadqodir Abdullaev o'z vazn toifasida (+60 kg) yana ikki karra Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi va Jahon Kubogi sovrindoridir.

Katta sportda erishgan bu kabi yutuqlari ortidan, «El-yurt hurmati» ordeni va “SHuhrat” medali bilan taqdirlangan. “O'zbekiston iftixori” nishoni sohibi.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi sanaladi.

Havaskor boksda erishgan yutuqlari ortidan, Germaniya va Amerikada o'n yilcha professional boks bilan ham shug'ullanadi.

2001 yilning 6 aprelida amerikalik Maxan Vashingtonga qarshi jang bilan prof boksdagi debyutini nishonlagan. Prof boksda umumiy hisobda 25 ta jang o'tkazgan. Ularning 21 tasida g'alaba qozongan (14 ta nokaut), 4 ta jangda mag'lub bo'lgan (2 ta nokaut).  


CHempionlik uchun jang: 2005 yilning 11 iyunida u Nyu-Yorkdagi "Madison Square Garden"da Puerto-Riko vakili Migel Kottoga qarshi WBO kamari uchun jang qilgan. 9-raundda bokschimizning jarohati sabab jang to'xtatilgan va yakunda Kotta g'alabaga erishgan. 


Afsonaviy bokschi professional boksdagi faoliyati haqida shunday deydi:

"Mag'lubiyatlarning juda ko'p sabablari bo'ladi. Raqibingiz bir bosh ustun bo'lsa, tan olish kerak. Men hech qachon o'zimni oqlamayman. Ehtimol, yaxshi harakat qilmagandirman. Biroq o'sha vaqt meni mag'lub etgan raqiblarimdan kuchsiz emasdim. Misol uchun, Ganada bo'lgan jangimda shunchaki raqibga berib yuborishgan. Qolgan mag'lubiyatlarning asosiy sababchilari menejerlarim edi. U paytlar professional boks bizda yaxshi rivojlanmagandi.

Menejerlarim jangga oz qolganda promouter bilan kelisha olmadik, tushmaysan derdi. Biz biroz mashg'ulotlarni bo'shashtirardik. Jangga uch-to'rt kun qolganda hal bo'ldi, tushasan derdi. Tayyorgarlik jarayonlarim, hayollarim buzilgan. Til bilmasligimiz, professional boks atrofidagi qonun-qoidalar haqida bilimga ega emasligimiz ko'p pand bergan. Qanchadan-qancha pullar menejerlarimda qolib ketgan. SHunchaki yolg'onlar qurboniga aylangandim!"

Muhammadqodir Abdullaev endi katta boks olamida orttirgan tajribasini yoshlarga o'rgatish, o'ziga o'xshagan Jahon va Olimpiada chempionlari etishtirishni niyat qilgan.

Qahramonimiz bugun yubiley, 50 yoshni qarshi oldi. Abdullaevning kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilagan holda, o'ziga o'xshagan bo'lajak chempionlar tarbiyalashiga umid qilib qolamiz.

Habib Jo'raboev tayyorladi


 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing