07 fev 15:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Mutaxassis UFC rahbariyatiga Magomed Ankalaevni PFL yulduziga almashtirishni taklif qildi
Sobiq MMA jangchisi, hozirda tahlilchi sifatida faoliyat yuritayotgan Din Tomas UFC va PFL o'rtasidagi savdo g'oyasini ilgari surdi.
Unga ko'ra, yarim og'ir vazn toifasidagi rossiyalik UFC jangchisi Magomed Ankalaev ligani tark etishi va PFL chempioni, angliyalik Dakota Ditcheva Dana Uayt rahbarligidagi promoushenga o'tishi darkor.
"PFL'ning yulduzi bor – bu Dakota Ditcheva. Yigitlar, agar sizga MMA yoqsa, bu sport rivoji uchun Ditchevani qo'yib yuboring. Uni UFC'dagi kimgadir almashtiringlar, Dakota o'sha erda jang qilishi kerak. Anqalaevdan qutulinglar, Dakotani Magomedga almashtirishingiz mumkin. Magomed UFC'ga kerak emas. Ankalaev Pereyrani mag'lub etolmaydi, uni Dakotaga almashtiringlar. Magomed PFL'ga juda mos tushadi", deydi Tomas.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar