So’nggi yangiliklar

17:1038 ёшли Альдо: "Мақсадим - UFC чемпионлиги!" 0 16:49"Ювентус" майдонга тушмай маош олаётган юлдуздан қутилмоқчи 0 16:28Стол теннисчиларимизнинг Осиё чемпионати учун таркиби маълум 0 16:07Тўрт нафар аралаш яккакураш устамиз Octagon 64 турнири прелим кардида жанг қилади 0 15:46Алекс Перейра Халил Раунтри билан жанг учун ўз режасини айтди 0 15:25"Барселона" ва "Nike" ўзаро келишувга эришди 0 15:04Доминик Тимга Niki Awards соврини топширилди 0 14:43Илия Топурия Ислам Махачевни октагонга чорлади 0 14:22"Ҳумо" сафига яна бир тажрибали ҳужумчи келиб қўшилди 0 14:01Испаниянинг октябрь ойидаги ўйинлар учун таркиби эълон қилинди 0 13:40China Open. Соболенконинг 15 ғалабали серияси якунланди 0 13:35Дзюдочимиз жаҳон чемпионатининг олтин медали учун татамига чиқади 0 13:19Достон Бозоров қозоғистонлик жангчига: "Бизнинг қонда кимдандир қочиш йўқ!" 0 12:58Диёра Келдиёрова Халқаро Вестминстер университети талабалари билан учрашди + ФОТО 0 12:37"Атлетико" Куртуага буюм отган мухлисларни кечирмади 0

23 iyu 14:03
Yangiliklar

Futbol

Mutolaa uchun. "Barselona" shartnoma imzolagan "yangi Ronaldo" Vitor Roke haqida

Teglar :  Vitor RokeBarselona
Kataloniya klubidagi yangi futbolchi borasida Siz bilmagan malumotlar.

Aslida uni Siz bilmasangiz ham kerak. "Real" va "Barselona" yozda yosh hamda iqtidorli futbolchilar bilan shartnoma imzolashdi. "Qaymoqranglilar"ga Arda Gyuler o'tgan bo'lsa, Kataloniya klubi Vitor Roke bilan shartnoma imzoladi. "Ko'k-anorranglilar" 18 yoshli futbolchini 30 mln evro evaziga "Atletiko Paranaense"dan sotib oldi.

"Barselona"ning yangi futbolchisini "yangi Ronaldo" deb atashmoqda. Afsonaviy braziliyalik kabi Roke ham faoliyatini "Kruzeyro"da boshlagan va profidagi ilk golini 16 yoshida urgan. Vitor asosan tekis chiziq bo'ylab o'ynagani uchun bir qancha yaxshi ko'nikmalari bor. Masalan, u yaxshi tezlashadi va xavfli zarbalar bera oladi. SHuningdek, to'pni saqlab turishda elkasidan ham yaxshi foydalanadi. Albatta, Roke Ronaldo kabi bo'la olmaydi, biroq unda juda katta potencial bor va shu sababli doimo top-klublar etiborida bo'ldi.

Yosh futbolchining tarixi yaxshigina o'zgacha. Vitor Timoteu shaharchasidagi o'rtacha oilada katta bo'ldi. Uning otasi havaskorlar futbolidagi tayanch yarim himoyachisi bo'lgan va doimo o'g'lini futbol tomonlama qo'llab turgan. Roke yoshligida "Kruzeyro" akademiyasiga borib qo'shilgan va 10 yoshida mashhurroq bo'lgan "Amerika Mineyro"ga ko'chib o'tgan.

Vitorni avvaliga tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynatib ko'rishdi, biroq vaqt o'tgani sayin u hujumkorlik poziciyalariga moslashib bordi. SHu bilan birgalikda hujumchi ham bo'lib, yoshlar futbolidagi turli yoshlarda gollar urib keldi. 14 yoshga etganda Roke o'z klubida anchagina mashhur bo'lib oldi va "Mineyro" uning o'sishi uchun unchalik yaxshi joy deb hisoblanmadi. Roke "Kruzeyro"ga qaytdi va 2019 yil martida klub bilan yoshlar shartnomasini imzoladi.

Yigitchaning bu qadami sobiq jamoasiga maqul kelmadi va klub forvardning iqtisodiy qonunlari buzilgan deb hisobladi. Tomonlar o'rtasidagi kelishmovchilikni faqatgina sud hal qilib berdi. "Mineyro" futbolchining navbatdagi transferidan 35 foiz mablag' ishlab oladigan bo'ldi. Bu tomonda "Kruzeyro" futbolchini yanada rivojlantirishni boshladi. 2021 yil mayida u klub bilan professional shartnoma imzoladi. Oradan 9 oy o'tib, Roke asosiy jamoadagi ilk golini urdi. 2022 yil apreliga qadar u asosiy tarkibda 16 o'yin o'tkazib, 6 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.

Asta-sekinlik bilan "Kruzeyro" ham unga torlik qila boshladi. 2022 yil aprelida Braziliya Kubogi finalchisi, Libertadores Kubogining doimiy ishtirokchisi "Atletiko Paranaense" futbolchi uchun rekord summa 4,4 mln evro taklif qildi va sotib oldi. Garchi, Vitor yangi jamoasida asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo'lsa-da, doimo effektiv o'yinchi bo'lib turdi. 2022 yilgi mavsumda u 7 gol va 3 assist qayd etdi.

O'zining samarali harakatlari evaziga yosh forvard jamoasining Libertadores Kubogida finalgacha etib borishida yordam berdi. 2022 yilning o'sha vaqtlarida u Braziliya termasining o'z yoshidagi jamoasida asosiy tarkib futbolchisi bo'ldi va 2023 yil fevralida 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Janubiy Amerika Kubogida zafar quchdi. SHundan keyin unga APL va LaLiga klublarining qiziqishlari oshib ketdi.

Ushbu mavsumda Roke Braziliya A Seriyasida 14 o'yinda 8 gol urdi. Mart oyida Braziliya milliy termasiga chaqirildi va Marokashga qarshi o'yinda 25 daqiqa o'ynadi. Endi uning navbatdagi bekati "Barselona" bo'ladi, biroq birdaniga emas. Transfer ishlari yakunlangan bo'lsa-da, u "Atletiko Paranaense"da qoladi va navbatdagi mavsumda Kataloniya klubiga ko'chib o'tadi.

Ayni damda Vitorning ikki asosiy jihati uni kuchlilashtirmoqda: yaxshi jismoniy holat va mahorat. Yosh futbolchi istalgan bosimli vaziyatda to'pni qabul qilib olishi va raqiblarini aldab o'tishi bilan mashhur bo'ldi. SHuningdek, o'ng oyog'ida juda kuchli zarbasi bor. Doimo paslarni so'rashda to'g'ri poziciya tanlagan. Bo'yi 170 santimetr bo'lsa-da, havodagi to'p uchun kurashlarda yaxshi kurasha oladi.

SHuningdek, braziliyalik futbolchi yaxshigina pas beruvchi hisoblanadi. Garchi uni bazida hujum yakunida o'ynatishsa-da, qanotlarga ham ko'chib, jarima maydonchasi ichiga yorib kirishi mumkin. Unda Neymar yoki Vinisius kabi texnika bo'lmasligi mumkin, biroq yuqori texnikasi evaziga raqib himoyachilarini osonlik bilan ortda qoldira olmoqda.

Vitor bazida o'z kuchini to'g'ri yo'naltira olmaydi. Bu yosh futbolchining xarakterida uchrab turadigan holat. U o'z kuchiga ishonib yuborib, katta xatolar ham qilishi mumkin. Alohida holatlarda u o'zining imkoniyatlaridan jiddiy foydalanishga harakat qiladi, bunday sifatlar esa "Barselona"da juda qadrlanadi.

Ekspertlarninig fikriga ko'ra, Vitorning o'yinidagi kamchiliklari yoshiga nisbatan juda kam. Buni yaqin yillar davomida mashg'ulotlar evaziga bemalol to'g'rilash mumkin. U 2024/25 yilgi mavsumda "Barselona" uchun mos futbolchiga aylanadi. Balki u "Barselona"da Ronaldoning yo'lini takrorlar. Nima deysiz?!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing