04 may 11:57
Yangiliklar
Tennis
Mutua Madrid Open. Borna CHorich ham keyingi bosqichda
Dunyoning 20-raketkasi Borna CHorich Madrid "Masters" turnirining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Xorvatiyalik tennischi 75 daqiqa davom etgan 1/4 final uchrashuvida ATP reytingida 92-pog'onada borayotgan germaniyalik Daniel Altmayerni mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/3.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. CHorich 2, Altmayer 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Borna faoliyatida to'rtinchi bor "Masters" turnirining finalida o'ynaydi. Grunt qoplamali turnirlarda esa ilk bor 1/2 finalda kortga chiqadi. Uning raqibi ispaniyalik Karlos Alkaraz bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar