29 apr 11:20
Yangiliklar
Tennis
Mutua Madrid Open. Xolger Runeda qiyin g'alaba
Ispaniyaning Madrid shahrida "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Dunyoning ettinchi raketkasi Xolger Rune ikkinchi davrada qiyin g'alabaga erishdi. Daniyalik tennischi ATP reytingida 55-pog'onada borayotgan qozog'istonlik Aleksandr Bublikni 6/1, 4/6, 7/6(9) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi muvozanat tiklandi - 1:1. Ikki soatu 4 daqiqa davom etgan bahsda Rune 7, Bublik esa 13 ta eys zarbani amalga oshirgan. Endi Xolger uchinchi bosqich uchrashuvida ispaniyalik Alexandro Davidovich-Fokinaga qarshi kortga chiqadi. U hamyurti Albert Ramosdan ustun keldi - 6/3, 6/4.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar