31 iyu 08:01
Yangiliklar
Sport kurashlari
Muxlisa Masharipova jahon chempioni!
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar (U17) o'rtasida davom etayotgan jahon chempionatida ayollar kurashi bahslari o'tkazilmoqda.
Ayollar kurashi musobaqasining ikkinchi kuni terma jamoamiz azosi Muxlisa Masharipova (43 kg) terma jamoamizga oltin medal taqdim etdi. U hal qiluvchi final bellashuvida germaniyalik Finja Vivian SHtrauchga qarshi gilamga chiqdi va 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Malumot uchun, Muxlisa final bellashuviga qadar 1/8 finalda AQSH vakilasi Syuzanna Landini 10:0, 1/4 finalda yaponiyalik Sera Furuichini 5:1, 1/2 finalda kanadalik Maya Naykerni 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.








Havola :
Manba : uww.org
Fikrlar