04 jan 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

"Muxlislar endi uni yoqtirishmaydi". Ukrainalik bokschi Lomachenko haqida gapirdi
Ukrainalik bokschi, WBA NABA kamari sohibi Oleg Dovgun vatandoshi Vasiliy Lomachenkoning so'nggi paytdagi harakatlarini qoraladi.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko Kommi bilan jangdan so'ng, o'z ona shahri bayrog'ini ringga olib chiqqan, ammo Ukraina bayrog'ini ko'tarmagandi. Buni muxlislar ijobiy qabul qilishmadi.
"Balki, Lomachenko bu ishni rostan qilgandir, balki bu hazildir. Ammo, buning yaxshi tomonini ko'rmayapman. Juda ko'p ukrainaliklar undan uzoqlashishdi. Muxlislar endi uni yoqtirishmaydi. Lomachenko «Medison Skver Garden»da avvalgidek muxlis to'play olmaydi. Kommi bilan jangdagi ishidan keyin esa muxlislari yanada kamayib ketishi aniq", - dedi Dovgun.
Havola :
Manba : RT Russia
Fikrlar