06 sen 11:16
Yangiliklar
Tennis
Muxova ilk bor US Open 1/2 finaliga chiqdi
CHexiyalik tennischi Karolina Muxova faoliyatida ilk bor AQSH Ochiq chempionatining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Dunyoning o'rinchi raketkasi bo'lib turgan Muxova 1/4 finalda WTA reytingida roppa-rosa 30-pog'onasidan joy olgan ruminiyalik Sorana Kirstyani ortiqcha qiyinchiliksiz taslim etdi - 6:0, 6:3. Uchrashuv 98 daqiqa davom etgan. Karolina 6 ta eys, 11 ta breyk-poyntga erishib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Muxova 1/2 finalda amerikalik Kori Goffga qarshi kortga chiqadi.
Ayollar o'rtasidagi AQSH Ochiq chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi 65 million dollarni tashkil etadi. Musobaqaning amaldagi chempioni Iga Svyontek, vice-chempion Ons Jaber mag'lubiyatga uchrab, o'z ishtiroklarini allaqachon yakunlab ulgurishdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar