26 fev 07:53
Yangiliklar

Muxtorxon Toshxo'jaev: Sport – sog'lom xalq, sog'lom jamiyatning tayanchi
Davlat va jamiyat boshqaruvida, biznesni taraqqiy ettirishda, sportda, umuman, barcha soha rivojida salohiyatli yoshlar muhim o'rin tutadi. SHuni inobatga olgan mamlakatimiz Prezidenti zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega, katta orzu-maqsadlar bilan Vatanim taraqqiyotiga hissa qo'shaman, deya belini mahkam bog'lab maydonga chiqayotgan intiluvchan va serg'ayrat, shijoatli yoshlarni qo'llab-quvvatlamoqda.
Sport sohasida yoshlarimiz qo'lga kiritayotgan natijalar yil sayin ortmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda sport va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanmaydigan insonni uchratish mushkul. Hattoki, imkoniyati cheklanganlarga ham o'zlari qiziqqan sport turi bilan shug'ullanish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.
Darhaqiqat, mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini, jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, moddiy va manaviy ko'mak berish, bilim olishi, salomatligini mustahkamlashi, o'z qiziqish va intilishiga mos kasb-hunar egallashi, sport bilan shug'ullanishi, xalqaro maydonlarda matonatini, irodasini, jasoratini ko'rsatishini taminlash doimiy etiborda.
Yurtimizda sport va sog'lom turmush tarzini aholi o'rtasida yanada ommalashtirish, paralimpiya harakati hamda imkoniyati cheklangan insonlarni sportga jalb etish, sport hamda para sport sohasini rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan siyosat va tizimli ishlar yuzasidan O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Toshxo'jaev quyidagilarni gapirib berdi:
– Bugun Vatanimizda sport sohasiga katta etibor qaratilmoqda. Bunday etiborning amaliy natijasiga Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo'yicha o'tkazgan videoselektor yig'ilishida yana bir bor guvoh bo'ldik.
Aniqroq aytadigan bo'lsak, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik bo'yicha ilk bor bunday katta yig'ilish o'tkazildi. Bu Yangi O'zbekistonni bunyod etish yo'lida islohotlarning yangi bosqichiga o'tganimizni anglatadi. Zero, taraqqiyot yo'lidagi har bir pog'onada keyingi marralarni zabt etish uchun bajarilishi kerak bo'lgan ishlar aniq reja asosida belgilab olinadi. Sohada tom manoda reforma o'tkaziladi.
SHu manoda mazkur videoselektor yig'ilishida belgilab olingan yangi vazifalarni Uchinchi Renessansni barpo etish yo'lidagi yana bir muhim qadam deb qabul qilishimiz zarur. Yig'ilishda xalqimiz salomatligi, barkamol avlodni kamol toptirish borasidagi qator masalalar echimiga qaratilgan ishlar o'rtaga tashlandi. Sport – sog'lom xalq, sog'lom jamiyatning tayanch ustuni, degan hayotiy haqiqatga asoslangan vazifalar belgilab berildi. Ayni paytda, sportga shunchaki musobaqa emas, millat genofondi, mamlakatning qudrati va obro'-etiborini butun dunyoga tarannum etadigan eng tasirchan vosita, eng ustuvor vazifa deb qarash zarurligi takidlandi.
SHu o'rinda millat genofondi degan iboraga ahamiyat qaratish zarur. Biz haqli ravishda ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz. Ular ilm-fanda ham, davlatchilik barpo etishda ham katta qudratga ega bo'lgan. Bu inkor etib bo'lmas haqiqat. Biz ana shu ajdodlarga munosib avlod bo'lishimiz shart. Buning uchun avvalo millatning genofondini asray olish zarur. Agar inson jismonan baquvvat bo'lmasa, turli xastaliklarga duchor bo'laveradi. Ayni paytda uning ruhiyati sinib, aqliy salohiyati o'tmaslashib boraveradi. SHu bois ham Uchinchi Renessansni barpo etishning muhim jihatlaridan biri millat genofondini asrashdir. Buning uchun esa, yuqorida takidlangani kabi jismoniy quvvat juda muhim.
Ha, sport insonni har jihatdan chiniqtiradi. Bunga har gal parasportchilar bilan ko'rishganda amin bo'laman. Ularning yuz-ko'zida ertangi kunga, o'ziga bo'lgan komil ishonchni ko'raman. Parasportchilar orasida sport bilan shug'ullana boshlagach hayoti o'zgargan, jamiyatning faol azosiga aylanganlar talaygina. SHu manoda mahallalarda nogironligi bo'lgan shaxslarni sport tadbirlariga keng jalb etish ayrim ijtimoiy muammolarga ham echim bo'ladi. Lo'nda qilib aytganda, nogironligi bo'lgan yoshlarni uydan ko'chaga – odamlar orasiga olib chiqadi.
Ayni paytda yangi O'zbekistonda para sportga ham katta etibor berila boshlangani quvonarlidir. Xususan, 2022 yildan boshlab, mahallalardagi nogironligi bo'lgan shaxslar o'rtasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalari uch bosqichda o'tkazilib kelinmoqda. Endi raqamlarga etibor bering: o'tgan 2024 yilda 16 dan 30 yoshgacha bo'lgan 29 ming 62 nafar nogironligi bo'lgan yoshlar mazkur musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan. Ular foydalanishga qulay bo'lgan 5tashabbus.uz sayti orqali ro'yxatga olingan. Natijada, musobaqalarga 18 ming 416 nafar yosh qamrab olingan. Bu nogironligi bo'lgan 18 mingdan ziyod yoshlarga o'z istedodini ko'rsata olish, jamiyatda o'z o'rni borligini his etishlariga yaratilgan katta zamindir. Davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilda mazkur musobaqalarga 45 ming nafar nogironligi bo'lgan yoshlarni qamrab olishni reja qilganmiz.
Ayni paytda “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarini o'tkazishda ham ayrim ijobiy o'zgarishlar kutilmoqda. Jumladan, avval eshitishida nuqsoni bo'lganlar ushbu musobaqalarda qatnasha olmasdi. Kasallik nuqsonlari kengaytirilgani sabab joriy yildan boshlab eshitishida muammosi borlar ham “Besh tashabbus paralimpiadasi” ishtirokchisi bo'la oladi. Ayni paytda adolatni taminlashga ham alohida etibor berilgan. Yani, endi nogironligi bo'yicha klassifikaciyadan o'tmagan shaxslar ro'yxatdan o'ta olmaydi. Bunday sportchi musobaqalarga qo'yilmaydi. SHu bois para sport bilan shug'ullanayotgan 7 ming nafardan ortiq sportchini nogironlik turiga qarab klassifikaciyalashga jiddiy etibor berilmoqda.
Yana bir yangilik. Joriy yildan boshlab sport turlari soni ham ko'paydi. Bu kabi yangilik “Besh tashabbus paralimpiadasi”ni yuqori saviyada o'tkazishga qaratilgani bilan ahamiyatli. Quvonarli tomoni, ushbu musobaqada qatnashish uchun mahallalardagi nogironligi bo'lgan shaxslar hozirdanoq faollik ko'rsatmoqda. Umuman, yurtimizda para sportga bo'lgan qiziqish ortib borayotgani quvonarlidir.
Ilgari bu toifadagi yoshlar uchun atigi 33 ta maktabda sport to'garaklari bor edi. Hozir bunday maktablar soni 235 taga etdi. Natijada para sport bilan muntazam shug'ullanuvchilar 4 karra ko'payib, 7 mingdan oshdi. Endi mazkur yo'nalishdagi imkoniyatlar yanada kengaytiriladi. Buning uchun hududlardagi 39 ta sport maktabi para sport turlariga ixtisoslashadi.
Muhimi, bunday yoshlar, ayniqsa, nogironligi bo'lgan qizlarning imkoniyatiga qarab, boshqa sog'lom sport guruhlarida shug'ullanishiga sharoit yaratiladi. Bu nogironligi bo'lgan yoshlar qalbida hayotsevarlik tuyg'usini kuchaytiradi. Boshqalardan kam emasligini, aksincha o'z ustida ishlab sog'lom tengdoshlaridan ham ko'proq natijaga erishishga bo'lgan ishonchni mustahkamlaydi. Qalbida orzusi sari kuchli intilishni paydo qiladi. Buni xalqimiz sodda ibora bilan, hayotga qaytarish, deb ataydi. Zero, orzusi yuksak inson hech qachon chekinmaydi.
Sog'lom turmush tarzi bu xalqimiz orasida so'nggi yillarda ko'p ishlatilayotgan so'zdir. Albatta, sog'lom xalq doimo qudratli bo'ladi. SHu bois ham “Sog'lom inson – sog'lom millat” g'oyasi umummilliy harakatga aylanishi kerak. Bilamizki, inson salomatligi uchun jismoniy faollik va sog'lom ovqatlanish juda muhim. Demak, mana shu ikki muhim jihatni keng targ'ib etish zarur. Buning xalqimiz uchun qanchalik ahamiyatli ekani raqamlarda ham ko'rinadi.
Hozirda, O'zbekiston aholisining 44 foizida jismoniy faollik etishmaydi. Yana 36 foiz aholimiz to'g'ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmaydi. Demak, soha mutaxassislari boshoqli va donli mahsulotlar, meva-sabzavotlar istemolini ko'paytirish borasida xalqchil tilda tushuntirish ishlarini olib borishi kerak. Ayni paytda tez tayyor bo'luvchi va tarkibida kancerogen moddalar yuqori bo'lgan mahsulotlardan tiyilish kerak ekanini, ular turli kasalliklarga sabab bo'lishini anglab etishimiz zarur.
Afsuski, bugun bunday mahsulotlarning savdosi ko'paygan. Tez tayyor bo'ladigan mahsulotni qirq yoshgacha bo'lganlar ko'proq istemol qiladi. Yuqoridagi ko'rsatkichning o'ziyoq sog'lom turmush tarzini faol targ'ib etish zaruratini ko'rsatadi. Buning uchun barcha darajadagi masullar birdek faol bo'lishi, jamiyatda shaxsiy namunani kuchaytirishi kerak. SHundagina, davlatimiz rahbari oldimizga qo'ygan vazifa, sog'lom ovqatlanish va jismoniy faollik targ'iboti bilan har bir oilani qamrab olishga erishamiz.
Yana bir muhim jihat, bu masalalarni qonun darajasida mustahkamlab qo'yish zarurligi takidlandi. SHundan kelib chiqib qisqa muddatda “Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida”gi qonun tubdan qayta ko'rib chiqiladi. Maqsad qonunni bugungi zamon talablariga moslashtirishdir. Zero, qonuniy asos hech shubhasiz islohotlar izchilligi va aniqligini taminlaydi.
Yuqorida aytilgan vazifalarning har biri yurtimizda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etishga qaratilgan ulkan islohotlar boshlanganini ko'rsatadi. Albatta, yutuqlarni yodga olish yoqimli tuyg'u. Lekin, bu g'alabalarga mahliyo bo'lish, kelgusidagi muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. SHundan kelib chiqib, adaptiv sport bo'yicha ham qator ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, nogironligi bo'lgan yoshlarni sportga qamrab olish va natijadorligini taminlashda yangicha yo'l tutiladi. Buning uchun Gercen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik qilinishi kutilmoqda. Uning Toshkentdagi filialida adaptiv sport bo'yicha alohida fakultet ochilish arafasida. Hozirgi davrda har bir ishda ilmiy yondashuv juda muhim. Busiz arzigulik natijaga erishish mushkul. SHu sabab hamkorlik doirasida natijadorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy metodika va standartlar ishlab chiqiladi.
Zamonga mos ravishda para sport turlari bo'yicha terma jamoalarni shakllantirish tartibi ham o'zgartiriladi. Yani, endi yoshlar faqat musobaqa natijasiga qarab emas, balki sport normativlarini bajarishiga qarab ham terma jamoaga qabul qilinadi. Mazkur o'zgarish para sport bilan shug'ullanadigan yoshlarga o'z istedodini to'la namoyon etish imkonini beradi. Buni amalga oshirishda adolatli ish tutish uchun nogironligi bo'lgan sportchilarning ko'rsatkichlari monitoring qilib boriladigan alohida onlayn platforma yaratiladi.
Davlatimiz rahbari takidlaganidek, endi musobaqa va sport yig'inlari tashkil qilishda olimpiya va paralimpiya tizimiga o'tilishi aytildi. Bu qaerda chempionat bo'lsa, unga yonma-yon para sport musobaqasi ham o'tkaziladi, degani. Mazkur amaliyot sabab haqiqiy inklyuziv tizim yaratiladi. Nogironligi bor sportchilar uchun ishonch va rag'bat bo'ladi.
Endilikdagi maqsadimiz “Los-Anjeles – 2028” Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni yangi bosqichga olib chiqish. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan berilgan aniq va tizimli ishlar muhim dasturilamal bo'lmoqda. Muxtasar aytganda, “Los-Anjeles –2028” Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida medallar sonini ikki karra oshirish maqsad qilingan.
Fikrlar