28 okt 13:06
Yangiliklar
Sport kurashlari
Umidjon Jalolov U-23 Jahon chempionati kumush medal sohibi!
Novi-Sad shahri (Serbiya) shu kunlarda sport kurashlari bo'yicha U-23 yosh toifasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qilyapti.
Musobaqaning kechagi kuni doirasida erkin kurash bo'yicha 65 kg vazn toifasida O'zbekiston terma jamoasi azosi Umidjon Jalolov hal qiluvchi bosqichda gilamga chiqdi.
Hindiston vakili Sujitga qarshi kechgan bahsda Jalolov 0:10 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va Jahon chempionatining kumush medali bilan taqdirlandi.
Avvalroq, Serbiyadagi U-23 Jahon chempionatida hamyurtlarimizdan Abror Atabaev kumush, Hojiakbar Qo'chqorov, Mehroj Bahromov, SHerzod Poyonov va Nodirbek Jumanazarov bronza medallarini qo'lga kiritishgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar