31 may 12:43
Yangiliklar
Dzyudo

Muzaffarbek To'raboev Namangan viloyati hokimiga Olimpiadadagi kimonosini sovg'a qildi + FOTO
Xabar berganimizdek, kecha Namangan shahridagi "Barkamol avlod" sport majmuasida “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi bo'lib o'tdi.
Etiborga moliq jihati shundaki, Namangan viloyati hokimi SHavkat Abdurazzoqov bevosita arenadan qiziqarli kurashlarga boy bo'lgan final bellashuvlarini tomosha qildi va taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimi yakunida Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sovrindori Muzaffarbek To'raboev SHavkat Abdurazzoqovga o'zi uchun qadrli bo'lgan Olimpiya o'yinlaridagi kimonosini sovg'a qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar