05 dek 10:08
Yangiliklar
Qishki sport turlari
MXLda yangi klub, uning rahbari ligadagi joy uchun 650 mln dollar to'laydi
Milliy Xokkey ligasi ishtirokchilari soni yana bitta klubga ko'payadigan bo'ldi.
Dunyoning eng kuchli ligasi hisoblangan - MXLda mavsum-2021/2022da yana bitta yangi klub o'z ishtirokini boshlaydi. SHunda ligadagi jami ishtirokchi jamoalar soni 32taga etadi. Yangi jamoaning arenasi Sietl shahrida bo'ladi.
Liga direktorlar kengashi bir ovozdan Sietl shahri jamoasining MXLda qatnashishiga ovoz berishdi. Yangi klubning rahbari birgina ligadagi o'rni uchun 650 million dollar to'laydi.
Tabiiyki, yangi klubning qo'shilishi natijasida diviziondagi ishtirokchilar uchun ayrim o'zgarishlar ham ro'y beradi. “Arizona” Tinch okeani divizionidan Markaziy divizionga o'tadi. Sietl shahri klubi esa aynan Tinch okeani divizionida “koyotlar”ning o'rnini egallaydi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar