13 iyu 08:53
Yangiliklar
Karate
Nafasov Butunjahon karate federaciyasi prezidenti bilan uchrashdi
O'zbekiston karate Milliy Federaciyasi rahbariyati Butunjahon karate federaciyasi prezidenti Antonio Espinoza va tashkilot bosh kotibi Toshixasa Nagura bilan uchrashuv o'tkazdi.
Unda O'zbekistondagi karate rivoji, sportning ushbu turini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qizg'in suhbat bo'lib o'tdi. O'z navbatida, janob Espinoz O'zbekistonda nafaqat karate, balki butun sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni kuzatib borayotganini malum qildi.
O'zbekiston karate Milliy federaciyasi raisi Nurxon Nafasov Antonio Espinozani mamlakatimizga taklif qildi. Bunga javoban Butunjahon karate federaciyasi rahbari Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovga o'z salomini yo'lladi va yaqin kelajakda Toshkentga tashrif buyurib, O'zbekistonda Markaziy Osiyo karate markazini ochish taklifini bildirdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar