So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

05 avg 10:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Nahotki? Etti yil avvalgi urinish nihoyat amalga oshdi - Tuxugov Lobovga qarshi jang o'tkazadi

Rossiyalik taniqli aralash yakkakurash ustasi Zubayra Tuxugov hamda Irlandiya sharafini himoya qiladigan Konor Makgregorning "sevimli" do'sti Artyom Lobov o'zaro jang qiladigan bo'lishdi.

Ushbu jangni amalga oshirish uchun ilk urinish 2018 yilda bo'lgandi. Aniqrog'i, 2018 yilning oktyabr oyida Kanadada tashkil etilgan turnirda ularning o'zaro jangi bo'lishi kerak edi. O'shanda Zubayra ham, Artyom ham UFC ligasida o'z janglarini o'tkazardi. Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor jamoalari o'rtasidagi o'sha mashhur bo'lib ketgan dahanaki jang sabab Tuxugov - Lobanov jangi bekor qilingan edi.  

Oradan etti yil o'tib, jangchilar PFL banneri ostidagi turnirda o'zaro oktagonda to'qnash keladigan bo'lishdi. "Jangchi" va "Rus bolg'asi" o'rtasidagi jang 3 oktyabr kuni Dubay shahrida tashkil etiladigan PFL turniri doirasida oraliq vazn (75 kg) toifasida o'tkaziladi. 

2018 yilda UFC`dan haydalgan 38 yoshli Artyom Lobov BKFC, yani qo'lqopsiz janglarda o'z omadini sinab ko'rdi. Jeyson Nayt va Pol Malinyajini ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgan Artyom keyin revansh jangida o'sha Naytga nokaut bilan yutqazib qo'ydi. 2022 yilda Lobov ukrainalik bokschi Denis Berinchikka qarshi kechgan Kievdagi Mahatch FC turniridagi jangdan keyin professional faoliyatini yakunlagani elon qilgandi. 

34 yoshli Zubayra Tuxugov esa so'nggi bor 2023 yilning fevral oyida jang o'tkazgandi. O'shanda u Avstraliyaning Pert shahri mezbonlik qilgan UFC 284 turnirida Elvis Brenerga hakamlarning ayri qarori bilan yutqazib qo'ygan va o'shandan keyin dunyoning eng kuchli Ligasini tark etgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing