12 apr 22:23
Yangiliklar

Nahotki? Konor Makgregor Porega qarshi jangdan voz kechdi!
Bunga sabab Dastin Porening Konor Makgregor hayriya uchun vada qilgan pulni bermagani haqida gapirgani bo'ldi.
"Sen o'zingni o'zing boshi berk ko'chaga olib kirding. Quloqlaringni berkitib olib, eshitishni xohlamayapsan. Sen miyasiz, esi og'gan cholsan. Hech qanday rejasiz 500,000$. SHunga mahkam yopishib ol. Sen umrida pul ko'rmagan ahmoqsan. Ha aytgancha, jang bo'lmaydi. Men 10 iyul kuni boshqa birov bilan jang qilaman. Sen esa eski shartnomang bilan qolaver, bolakay", -deb yozadi Konor Makgregor.
Eslatib o'tamiz, Dastin Pore Konor Makgregor bilan ikkinchi jangida o'z faoliyatidagi eng katta gonararni qo'lga kiritgandi. Uchinchi jang esa Pore uchun undanda kattaroq mablag' olib kelishi mumkin edi. Konor Makgregor aynan shuni nazarda tutgan holda jang bekor qilinganini bildirdi.
Fikrlar
Konor krasavchik togri qilding Porega pul ham yoq kamar ham yoq