23 iyu 09:51
Yangiliklar
"Nasaf"ga "Banfild" klubi afsonasi kelmoqda + FOTO
Qarshining "Nasaf" klubi yaqindagina gruziyalik hujumkor yarim himoyachi Jaba Jigauri bilan shartnoma imzolagan edi.
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi qarshiliklar bu bilan to'xtab qolishmoqchi emas. "Ajdarlar" safini argentinalik tajribali hujumchi Andres CHavez bilan to'ldirish arafasida turishibdi. Futbolchining agenti Franko Grassi ijtimoiy tarmoqqa CHavez bilan aeroportda tushgan suratni joyladi. Grassi o'zimizning SHahboz Beg'amov bilan hamkorlik qiladi. 32 yoshli hujumchi tez orada "Nasaf" azosiga aylanadi.
CHavezning "Banfild" (Argentina) bilan shartnomasi 2023 yilning 31 dekabrigacha mo'ljallangan. Yani, u erkin agent emas. SHunga qaramay, "Nasaf" klubi futbolchiga qiziqarli taklif bilan chiqdi va uni Qarshiga kelishga ko'ndirdi.
1991 yilda tug'ilgan Andres CHavez Argentinaning "Banfild" klubi afsonasi hisoblanadi. Hozirgacha ham ushbu jamoa sardori. Bundan tashqari, mashhur "Boka Xuniors" bilan mamlakat chempioni bo'lgan. Braziliyaning nomdor jamoasi "San Paulu"da ham to'p tepgan.
Fikrlar