09 fev 15:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Nassurdin Imavov Drikus dyu Plessiga "vyzov" tashladi
Franciyalik 29 yoshli aralash yakkakurash ustasi Nassurdin Imavov bugun o'rta vazndagi UFC chempionlik kamarini himoya qilgan Drikus dyu Plessi bilan jang qilish istagini bildirdi.
Janubiy Afrika Respublikasi vakili bugun Sidneydagi UFC 312 turnirining markaziy jangida ushbu kamarning sobiq sohibi amerikalik SHon Striklendni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
"Hurmatni saqlagan holda sizlarning bu chempionlaringni "tarbiyalab" qo'yardim. Men bunga tayyorman! Ha, istalgan vaqtda!", — deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida UFC prezidenti Dana Uaytni belgilagan holda xabar qoldirgan Imavov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar